Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi Dakarda bölib ötayotgan IV yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlarida oltin va bronza medallarini qölga kiritdi. Boks böyiça Sabrina Çakomonova oltin, qiliçbozlikning sablya yönalişida Nargiza Ötabayeva esa bronza medaliga sazovor böldi.
54 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi final bahsida Çakomonova Kolumbiya vakili Evelin Salasga qarşi ringga çiqdi. Özbekistonlik sportçi 5:0 hisobida ğalaba qozonib, mamlakat delegatsiyasiga joriy öyinlardagi ilk oltin medalni taqdim etdi.
Ötabayeva qizlar örtasida sablya böyiça qiliçbozlik musobaqasida bronza medali sohibi böldi. U saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, yarim finalga yöl oldi. Biroq uşbu bosqiçda Xitoy vakiliga mağlub böldi.
Uçinçi örin uçun keçgan bahsda özbekistonlik qiliçboz Argentina vakilasini mağlub etib, bronza medalini qölga kiritdi.
Şunday qilib, yana bir final bahsi oldidan Özbekiston terma jamoasi hisobida jami oltita medal — bitta oltin, törtta kumuş va bitta bronza medali mavjud edi.