Özbekiston

Özbekiston COP31 konferensiyasida metan çiqindilarini qisqartiriş masalasini muhokama qildi

Özbekiston COP31 konferensiyasida metan çiqindilarini qisqartiriş masalasini muhokama qildi
Özbekiston COP31 konferensiyasida metan çiqindilarini qisqartiriş masalasini muhokama qildi / Foto: Ekologiya va iqlim özgarişi böyiça milliy qömita.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Turkiyaning Antalya şahrida bölib ötayotgan COP31 konferensiyasida çiqindilarni boşqariş sohasida metan çiqindilarini qisqartiriş çora-tadbirlari muhokamasida iştirok etdi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Agentlik direktori Şarifbek Xasanov sirkulyar iqtisodiyot tamoyillari asosida çiqindilarni boşqariş infratuzilmasida metan çiqindilarini kamaytirişga bağişlangan yuqori darajadagi davra suhbatida iştirok etdi.

Tadbir COP31 raisligining iqlim özgarişiga çidamli şaharlarni rivojlantiriş böyiça harakatlar dasturi doirasida ötkazildi. Unda xalqaro taşkilotlar vakillari, ekologik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvçi kompaniyalar hamda ekspertlar qatnaşdi.

Iştirokçilar çiqindi poligonlaridan atmosferaga çiqariladigan metan miqdorini kamaytiriş usullarini körib çiqdilar. Şuningdek, organik çiqindilardan biogaz işlab çiqariş va çiqindilardan energiya oliş texnologiyalarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Samarali texnologik yeçimlar, xalqaro tajriba almaşiş va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini kamaytiriş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Agentlikda ta’kidlanişiça, mazkur muhokamada iştirok etiş Özbekistonda çiqindilardan energiya işlab çiqariş böyiça 11 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş bilan boğliq. Şuningdek, idora çiqindi poligonlaridan metan çiqindilarini kamaytiriş va çiqindilarni qayta işlaş sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş zarurligini qayd etdi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, muhokamalar zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş, ekologik barqaror infratuzilmani rivojlantiriş va sirkulyar iqtisodiyotga ötiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.