Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik yoş dzyudoçilar Olimpiya şaharçasida ötkazilayotgan Saber Taşkent Grand Prix Cadets musobaqasining birinçi kunida 12 ta medalni qölga kiritdi. Bu haqda musobaqa töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etgan manba xabar berdi.
Terma jamoa hisobida uçta oltin, bitta kumuş va sakkizta bronza medali bor. Musobaqaning birinçi kunida yengil vazn toifalarida bellaşuvlar bölib ötdi.
Alina Kolyuçeva 48 kg gaça, Safohöja Sayfulloyev 50 kg gaça, Ozodbek Olimov esa 60 kg gaça bölgan vazn toifasida oltin medalni qölga kiritdi.
50 kg gaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan Şuhrat Muhammadxonov kumuş medal sohibi böldi.
Farangiz Baxtiyorova (40 kg gaça), Iroda Sirojiddinova va Zuhra Jörayeva (har ikkisi 44 kg gaça), Mohinur Ollaberganova (48 kg gaça), Çaros Hikmatova (52 kg gaça), Sanjarbek Mirgiyosov (50 kg gaça), Şohjahon Usmonov va Azizbek Raupov (har ikkisi 55 kg gaça) bronza medallariga sazovor böldi.