Shoshilinch
Sport

Aichi-Nagoya-2026: Doniyor Turgunboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi

Aichi-Nagoya-2026: Doniyor Turgunboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi
Aichi-Nagoya-2026: Doniyor Turgunboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik sportchi Doniyor Turgunboyev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ushuning sanda dasturida 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Turgunboyev musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi va unda Eron vakiliga qarshi bahs olib bordi. Finalga chiqish uchun kechgan jangda o‘zbekistonlik sportchi raqibiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston ushuchilari Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta medalni qo‘lga kiritgan: 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.