Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan U-15 jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Hindiston U-15 terma jamoasiga qarshi uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Uchala uchrashuv ham Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tadi.
Birinchi o‘yin 2026 yil 8 oktyabrga, ikkinchi uchrashuv 9 oktyabrga, uchinchi o‘yin esa 10 oktyabrga belgilangan.