Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon va Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi birinchi sammiti doirasida Seuldagi «Chong Va De» qarorgohida tashkil etilgan madaniy dasturda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur avvalida Birinchi xonmlar anʼanaviy choy marosimida ishtirok etdilar. Ular madaniy muloqotning ahamiyati, milliy anʼanalarni asrab-avaylash hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yana-da mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shundan so‘ng mehmonlar uchun Koreyaning madaniy merosiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi. Undan anʼanaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar o‘rin oldi.