O‘zbekiston

Mirziyoyev Putinni Davlat dumasiga saylovlar bilan tabrikladi

Mirziyoyev Putinni Davlat dumasiga saylovlar bilan tabrikladi
Mirziyoyev Putinni Davlat dumasiga saylovlar bilan tabrikladi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabriklab, parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlari hamda Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlarini natijador qilib oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.