Iqtisod

Allied Biofuels O‘zbekistonda SAF loyihasi bo‘yicha investitsiya qarorini 2027 yil I choragida qabul qilishni tasdiqladi

Allied Biofuels O‘zbekistonda SAF loyihasi bo‘yicha investitsiya qarorini 2027 yil I choragida qabul qilishni tasdiqladi
Allied Biofuels O‘zbekistonda SAF loyihasi bo‘yicha investitsiya qarorini 2027 yil I choragida qabul qilishni tasdiqladi / Foto: Allied Biofuels.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Allied Biofuels kompaniyasi Ninboda O‘zbekistonda barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF va e-SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 6,1 milliard dollarlik loyihaning asosiy hamkorlari bilan bazaviy loyihalash (FEED) masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ishtirokchilarining barchasi yakuniy investitsiya qarorini (FID) 2027 yilning I choragida qabul qilishga ishonchlari yuqori ekanini tasdiqladi.

Sinopec kompaniyasi ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoyning Sinopec Engineering Group, Daniyaning Topsoe A/S, Janubiy Afrikaning Sasol va AQSHning Plug Power kompaniyalari ishtirok etdi.

Tomonlar muhandislik vazifalarini taqsimlash, texnologik interfeyslar hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan dasturni kelishib oldi.

Sinopec Engineering Group tizim integratsiyasi, ishchi loyihalash va «ochiq kitob» tamoyili asosida qiymatni shakllantirish uchun masʼul bo‘ladi. Keyinchalik bu ishlar EPC bosqichiga o‘tishi rejalashtirilgan. Topsoe va Sasol kompaniyalari e-SAF ishlab chiqarishning asosiy texnologiyalari — mos ravishda SynCOR™ texnologiyasi va Fisher — Tropsh jarayoni uchun litsenziyalar taqdim etadi.

Plug Power kompaniyasi yashil vodorod ishlab chiqarish uchun umumiy quvvati 2,4 GVtgacha bo‘lgan elektrolizyor tizimlarini taʼminlaydi.

Loyiha Markaziy Osiyoda sanoat miqyosida aviatsiya biologik yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi integratsiyalashgan majmuani barpo etishni nazarda tutadi.

Loyiha O‘zbekiston Prezidenti farmoni qo‘llab-quvvatlovi asosida amalga oshirilib, qayta tiklanuvchi energetika, yashil vodorod ishlab chiqarish va ilg‘or yoqilg‘i texnologiyalarini birlashtiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.