Iqtisod

Pop tumanidagi quyosh elektr stansiyasi 500 MVt quvvatga chiqdi

Pop tumanidagi quyosh elektr stansiyasi 500 MVt quvvatga chiqdi
Pop tumanidagi quyosh elektr stansiyasi 500 MVt quvvatga chiqdi / Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Pop tumanida Germaniyaning Hyper Partners GmbH kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan quyosh elektr stansiyasi to‘liq — 500 MVt quvvatda ishlashga chiqdi. Loyihaning qiymati 350 mln dollarni tashkil etadi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirildi va hozirda rejalashtirilgan 500 MVt quvvatga yetkazildi.

Mazkur bosqichning yakunlangani munosabati bilan katta avlod vakillari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida tantanali marosim o‘tkazildi.

Tadbir davomida anʼanaviy qurbonlik marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng katta avlod vakillari duoi fotiha qilib, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik, xalqqa farovonlik, ezgu tashabbuslarga esa baraka tiladilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.