O‘zbekiston

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi
O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Shvetsiya hukumatlari o‘rtasida migratsiya va harakatchanlik sohasida kompleks hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi. Tegishli qaror 2026 yil 11 sentyabrda qabul qilindi.

Kelishuv 2026 yil 10 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Hujjatni amalga oshirish uchun alohida yo‘nalishlar bo‘yicha masʼul organlar belgilandi. Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari, Ichki ishlar vazirligi readmissiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa talabalar va akademik almashinuv bilan bog‘liq masalalar uchun masʼul bo‘ladi.

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish masalalari bo‘yicha masʼul organ etib Tashqi ishlar vazirligi belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilgani haqida Shvetsiya tomoniga xabarnoma yuborishi, shuningdek, uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar haqida maʼlumot berishi kerak.

Kelishuv kuchga kirganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari uning qoidalari belgilangan tartibda bajarilishini nazorat qilishni taʼminlashi lozim.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.