Sport

Abdulvahob Rashidov O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi

Abdulvahob Rashidov O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi
Abdulvahob Rashidov O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Abdulvahob Rashidov Yaponiyada o‘tayotgan Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik karatechi musobaqaning 67 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida chempion bo‘ldi. Rashidov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda u mezbon mamlakat vakili Yugo Kozakiga qarshi tatamiga chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir medalni 71 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida MMA (modern) musobaqasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov olib keldi. U yarim finalda qozog‘istonlik Qodibek Shinbayevga mag‘lub bo‘lib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Shu tariqa, Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida uchta medal — oltin, kumush va bronza medallari bor.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.