O‘zbekiston

Toshkentda BMW boshqargan 16 yoshli o‘smir 2 yil 4 oyga qamaldi

Toshkentda BMW boshqargan 16 yoshli o‘smir 2 yil 4 oyga qamaldi
Toshkentda BMW boshqargan 16 yoshli o‘smir 2 yil 4 oyga qamaldi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Mirobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 2010 yilda tug‘ilgan 16 yoshli D. To‘rg‘unovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha yopiq sud majlisi yakunlandi.

Sud uni jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda aybdor deb topib, 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan D. To‘rg‘unov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud jazoni Jinoyat kodeksining 85-moddasiga muvofiq tayinladi. Ozodlikdan mahrum qilish muddati 2026 yil 27 fevraldan — sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan kundan boshlab hisoblanadi.

Sud majlisi davomida raislik qiluvchi sudya taraflarga hukm mazmunini tushuntirdi. Shuningdek, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi. Taraflarga hukm ustidan shikoyat qilish muddatlari va tartibi ham tushuntirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.