O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola qaytarildi

Dilafro'z Niyazova · 07.09.2026 · 22:05 · 39 views
O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola qaytarildi
O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola qaytarildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘tgan hafta davomida xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Ularning to‘qqiz nafari Rossiya Federatsiyasidan, yana ikki nafari Qozog‘istondan olib kelindi. Bu haqda Milliy ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.

Bolalarni qaytarish ishlari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi.

Ishlar Bolalar ombudsmani ko‘magida hamda tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda olib borildi.

Bolalar O‘zbekistonga qaytarilganidan so‘ng ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, ishlar bolalarni oilaviy muhitga qaytarish, shuningdek, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Qaytarilgan voyaga yetmaganlarning keyingi holati va ularning oilaga moslashuvi bolalar yashash joyi bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy hamrohlik asosida nazorat qilib boriladi.