Texnologiyalar

O‘zbekiston va Bouygues raqamli infratuzilmani muhokama qildi

O‘zbekiston va Bouygues raqamli infratuzilmani muhokama qildi
O‘zbekiston va Bouygues raqamli infratuzilmani muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligida Bouygues Bâtiment International kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Aleksis Rexov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda fransuz kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, investitsiya imkoniyatlari va amaldagi imtiyozlar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida tomonlar maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va raqamli infratuzilma sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning texnik va tashkiliy masalalari bo‘yicha dastlabki fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda ilgari surish va hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida doimiy ishchi muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.