Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston boks terma jamoasi vakili Fazliddin Erkinboyev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 80 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkinboyev yarim final janggida Hindiston vakili Ankushga qarshi ringga chiqdi va unga mag‘lub bo‘ldi.
Musobaqadagi ishtiroki yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi.