Iqtisod

Navoiy IESdagi podstansiyaga 220 kV kuçlaniş berildi

Navoiy IESdagi podstansiyaga 220 kV kuçlaniş berildi
Navoiy IESdagi podstansiyaga 220 kV kuçlaniş berildi / Foto: Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy issiqlik elektr stansiyasi hududida qurilayotgan yangi 500/220 kV podstansiyaning 220 kV şinalariga dastlabki kuçlaniş berildi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Işlar Navoiy IESda quvvati 650 MVt bölgan uçinçi buğ-gaz qurilmasini quriş böyiça investitsiya loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda.

Kuçlaniş berilganidan söng stansiya hamda quvvati 300 MVt bölgan “Gibrid” quyoş fotoelektr stansiyasi yangi podstansiya orqali özaro boğlandi.

Mazkur obyekt Özbekiston yagona energetika tizimining janubi-ğarbiy va şimoliy qismlari örtasidagi elektr aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, u yuqori kuçlanişli tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatiş işonçliligini va energetika tizimining barqarorligini oşiriş imkonini beradi.

Podstansiyaning işonçliligi va texnik xususiyatlarini ta’minlaş maqsadida unga Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Koreyada işlab çiqarilgan zamonaviy uskunalar örnatilmoqda.

Loyihaning boş pudratçisi Yaponiyaning Mitsubişi Corporation va Mitsubişi Power Ltd. kompaniyalaridan iborat konsorsium hisoblanadi. Turkiyaning Çalik Enerji kompaniyasi esa subpudratçi sifatida iştirok etmoqda.

Keyingi bosqiçda yangi buğ-gaz qurilmasida işlab çiqariladigan elektr energiyasini mamlakat yagona energetika tizimiga uzatiş uçun zarur bölgan uskunalarga kuçlaniş beriş rejalaştirilgan.

Bu qurilmaning yakuniy sinov va tekşiruvlarini ötkaziş, şundan söng uni bosqiçma-bosqiç foydalanişga topşiriş imkonini beradi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.