Özbekiston

Eldor Aripov Tokioda GCERF Boşqaruv kengaşi yiğilişida sözga çiqdi

Eldor Aripov Tokioda GCERF Boşqaruv kengaşi yiğilişida sözga çiqdi
Eldor Aripov Tokioda GCERF Boşqaruv kengaşi yiğilişida sözga çiqdi / Foto: SMTI.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24–25-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov “Mahalliy hamjamiyatlar barqarorligini mustahkamlaş, profilaktika va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi Hind–Tinç okeani mintaqasi böyiça Tokio muloqotida iştirok etmoqda.

Tadbir Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro fondi (GCERF) hamda Sasakava tinçlik jamğarmasi tomonidan Yaponiya Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan.

Muloqot GCERF Boşqaruv kengaşining 25-yiğilişi dasturi doirasida ötkazilmoqda. Unda davlat organlarining yuqori martabali vakillari, kengaş a’zolari, jamğarma hamkorlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etmoqda.

Iştirokçilar zöravon ekstremizmning oldini oliş sohasidagi milliy tajriba bilan örtoqlaşib, Hind–Tinç okeani mintaqasida uşbu yönalişdagi şeriklikni kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Tadbirda sözga çiqqan E.Aripov ekstremizm va terrorizm tahdidlarining transçegaraviy xususiyati hamda doimiy ravişda özgarib borişi ularga qarşi çoralarni takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşni talab etişini ta’kidladi.

Şu nuqtai nazardan, u Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi. Insonlarning jamiyatdagi tölaqonli hayotga qaytişiga kömaklaşiş çoralari iştirokçilarda alohida qiziqiş uyğotdi. “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari doirasida 2019-yildan buyon Suriyaning şimoli-şarqiy hududlaridan 530 nafardan ziyod Özbekiston fuqarosi, asosan, ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi.

E.Aripov boşqa ustuvor yönalişlar qatorida millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlaş, ta’lim va ma’rifatni rivojlantirişni qayd etdi. U tinçlik, bağrikenglik va insonparvarlik qadriyatlarini tarğib etişda ilmiy-tadqiqot markazlarining örnini ta’kidladi.

SMTI rahbarining sözlariga köra, Özbekiston milliy miqyosdagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş bilan birga, mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikka alohida ahamiyat qaratmoqda. Şu munosabat bilan 2024-yilda Özbekiston Prezidenti taşabbusi va BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi kömagida taşkil etilgan Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qiliş masalalari böyiça Mintaqaviy ekspertlar kengaşi faoliyati taqdim etildi. Şuningdek, u iştirokçilarni davlatimiz rahbarining tajriba almaşiş va samarali amaliyotlarni ommalaştiriş maqsadida kengaşni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantiriş haqidagi taklifi bilan taniştirdi.

Nutqda GCERF bilan şeriklikka alohida e’tibor qaratildi. E.Aripov ta’kidlaganidek, 2024-yilda SMTI va jamğarma örtasida memorandum imzolanganidan söng hamkorlik mexanizmlari işlab çiqildi. Bugungi kunda GCERF Özbekistondagi nodavlat taşkilotlarning ijtimoiy xizmatlarni kengaytiriş, bandlik va tadbirkorlikka kömaklaşiş, Vatanga qaytarilgan fuqarolar, yolğiz onalar va migrantlar oilalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan uçta loyihasini moliyalaştirmoqda.

Yoşlarni internetdagi ekstremistik tarğibotdan himoya qiliş masalasiga töxtalib, u raqamli barqarorlik mediamarkazini taşkil etiş loyihasi haqida ma’lumot berdi. Markaz faoliyati tanqidiy fikrlaş, mediasavodxonlik va ijobiy onlayn kontent tayyorlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.