Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 noyabr kuni Özbekistonda 274 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning şu kunidagi körsatkiçdan 11,6 foizga köp. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
2025 yil 17 noyabrda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 245,5 mln kVt·soatni taşkil etgan. Şu tariqa, bir yil davomida kunlik elektr energiyasi işlab çiqariş 28,5 mln kVt·soatga oşgan.
Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga töğri keldi. Ular bir sutkada 235 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu bir yil avvalgi 215,1 mln kVt·soatlik körsatkiçdan 9,3 foizga köp.
Gidroelektr stansiyalari 20,3 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 12,2 mln kVt·soatni taşkil etgan. Ösiş 66,4 foizga teng böldi.
Quyoş elektr stansiyalari 10,9 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu 2025 yil 17 noyabrdagi 11,8 mln kVt·soatlik körsatkiçdan 7,6 foizga kam.
Şamol elektr stansiyalarida 4,7 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bir yil avval bu körsatkiç 3,7 mln kVt·soatni taşkil etgan bölib, ösiş 27 foizga yetdi.
Blok-stansiyalar 2,9 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Ötgan yilning şu kunida uşbu körsatkiç 2,6 mln kVt·soat bölgan. Ösiş 11,5 foizni taşkil etdi.
Kiçik quvvatli quyoş panellari 0,2 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. 2025 yilning mos kunida ularning işlab çiqariş hajmi 0,1 mln kVt·soatni taşkil etgan. Keltirilgan ma’lumotlarga köra, ösiş 100 foizga teng böldi.