Moliya

Özbekiston Markaziy banki törtta bankka islomiy moliya operatsiyalari uçun litsenziya berdi

Özbekiston Markaziy banki törtta bankka islomiy moliya operatsiyalari uçun litsenziya berdi
Özbekiston Markaziy banki törtta bankka islomiy moliya operatsiyalari uçun litsenziya berdi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki törtta tijorat bankiga islomiy moliyalaştiriş sohasida operatsiyalarni amalga oşiriş uçun litsenziyalar berdi. Regulyator boşqaruvi tegişli ruxsatnomalarni taqdim etiş töğrisidagi qarorlarni 2026 yil 18 noyabrda qabul qildi.

Litsenziyalarni AITB Ipak Yöli, «ASIA ALLIANCE BANK» ATB, «Orient Finans» XATB va «HAYOT BANK» AJ qölga kiritdi.

Uşbu ruxsatnomalar banklarga «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliyalaştiriş operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beradi.

Regulyator mijozlarga bank xizmatlaridan foydalanişdan oldin Markaziy bankning rasmiy veb-sayti orqali tegişli litsenziya mavjudligini tekşirişni tavsiya qildi.

Avvalroq Özbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun birinçi litsenziyani Open Bank olgan edi. Uni beriş töğrisidagi qaror Markaziy bank boşqaruvi tomonidan 2026 yil 23 oktyabrda qabul qilingan. 28/1-son qarorga muvofiq, bankka 1-I-sonli litsenziya berilgan.

Islomiy banking qanday işlaydi?

Islomiy bankingni rivojlantiriş uçun qonunçilik asosi 2026 yil 27 martda qabul qilingan va 29 iyunda kuçga kirgan qonun bilan yaratildi. Hujjatda islomiy moliyalaştirişning oltita operatsiya turi belgilangan.

Ulardan biri — muzoraba bölib, unda kapital boşqaruvçi tomonga beriladi va keyinçalik olingan foyda iştirokçilar örtasida taqsimlanadi. Vakola esa agentlik şartnomasiga asoslanadi. Unga köra, mablağlar işonçli vakil orqali taqdim etiladi yoki jalb qilinadi.

Murobaha bank tomonidan tovarni xarid qiliş va uni oldindan kelişilgan, ustama narxni öz içiga olgan qiymatda mijozga bölib-bölib tölaş şarti bilan sotişni nazarda tutadi. Salam operatsiyasida esa xaridor tovar yetkazib berilguniga qadar uning haqini tölaydi.

Muşoraka loyihalarni birgalikda moliyalaştiriş yoki kompaniyalar kapitalida şerikçilik asosida iştirok etişni anglatadi. Ijara esa mol-mulkni ijaraga berişni, jumladan, keyinçalik uni sotib oliş imkoniyatini ham nazarda tutadi.

Qonun xalqaro bank amaliyoti va Özbekiston qonunçiligiga muvofiq bölgan boşqa operatsiya turlarini ham amalga oşirişga ruxsat beradi.

An’anaviy kreditlaşdan farqli ravişda, islomiy moliyalaştiriş foizli qarzlarni nazarda tutmaydi. Uning örniga savdo ustamalari, ijara tölovlari va foydani taqsimlaş mexanizmlaridan foydalaniladi. Bu esa bunday moliyaviy xizmatlar bepul körsatiladi, degani emas.

Litsenziyalaş tartibi alohida islomiy bank taşkil etiş uçun ham, amaldagi tijorat banki tarkibida islomiy bölinma oçiş uçun ham belgilangan. Ikkinçi holatda bank bir vaqtning özida an’anaviy va islomiy moliyaviy xizmatlarni körsatişi mumkin.

Bunda bank ikki turdagi operatsiyalar böyiça alohida hisob yuritişi, ixtisoslaştirilgan bölinma taşkil etişi va islomiy moliyalaştiriş standartlariga rioya etilişini nazorat qiluvçi kengaşni şakllantirişi şart.

Islomiy moliyani rivojlantiriş rejalari

Özbekistonda islomiy moliyalaştirişni rivojlantiriş işlari islomiy banking töğrisidagi qonun qabul qilinişidan oldin boşlangan. 2022 yilda mikromoliya taşkilotlariga uşbu sohada xizmatlar körsatişga ruxsat berildi. 2024 yil iyul oyida Markaziy bank muzoraba, murobaha, muşoraka, ijara va salam kabi operatsiyalarni öz içiga olgan tegişli operatsiyalarni amalga oşiriş qoidalarini tasdiqladi.

2026 yil mart oyida Prezident Şavkat Mirziyoyev islomiy bankingni joriy etiş töğrisidagi qonunni imzoladi. Hukumat 2026–2030 yillarda töliq islomiy tamoyillar asosida faoliyat yurituvçi ikkita bank taşkil etiş va kamida bitta tijorat bankida ixtisoslaştirilgan bölinmalar oçiş rejalarini ma’lum qildi.

Dastlabki baholarga köra, uşbu rejalarning amalga oşirilişi qöşimça ravişda taxminan 1 milliard dollar investitsiya va depozitlarni jalb qilişi mumkin.

2025 yil oktyabr oyida Markaziy bank raisining örinbosari Abrorxodja Turdaliyev 2030 yilga qadar mamlakatda 10 ta islomiy bank paydo bölişi mumkinligi haqida gapirgan edi. Şuningdek, uçta davlat bankida islomiy bölinmalar oçiş masalasi ham körib çiqilgan.

2026 yil aprel oyida regulyator raisining örinbosari Sanjar Nosirov tört-beşta xorijiy bank Özbekiston bozoriga kirişdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Biroq ularning mamlakat bozorida iştirok etişi uçun zarur huquqiy bazani şakllantiriş talab etilişi ta’kidlangan.

2026 yil iyun oyida Markaziy bank yil oxiriga qadar islomiy moliyaviy xizmatlar böyiça yettitagaça standartni qabul qiliş niyati borligini e’lon qildi. Ularni işlab çiqiş jarayonini regulyator huzuridagi Islomiy moliya kengaşi muvofiqlaştirmoqda.

Iyul oyida Markaziy bank banklar huzuridagi islomiy moliya kengaşlarining tarkibiga va litsenziyalaş şartlariga nisbatan talablarni ham belgiladi. Majburiy hujjatlar röyxatiga uç yillik biznes-reja ham kiritildi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.