Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Milliy statistika qömitasi narxlar va inflyatsiyaga oid ma’lumotlarni e’lon qiliş uçun möljallangan NarxStat oçiq platformasini işga tuşirdi. Bu haqda qömitada bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Platforma narx.stat.uz manzili orqali foydalaniş uçun oçiq bölib, mamlakatdagi asosiy narx körsatkiçlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etadi.
Foydalanuvçilar platforma orqali iste’mol narxlari indeksi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilğining hududlar hamda tumanlar kesimidagi haftalik örtaça narxlarini körişlari mumkin. Şuningdek, unda uy-joy bozoridagi narxlar indeksi va sanoat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarining narxlar indeksi ham joylaştirilgan.
Bundan taşqari, NarxStat platformasida inflyatsiya va iste’mol xarajatlari kalkulyatorlari mavjud. Ma’lumotlarni CSV va JSON formatlarida yuklab oliş yoki oldindan röyxatdan ötmasdan API orqali oliş mumkin.