Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yil 1 fevraldan boşlab Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida pullik xizmatlardan tuşadigan barça mablağlar töliq elektron nazoratga olinadi. Bu Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026 yil 16 noyabrdagi PQ-396-son qarorida belgilangan.
Buning uçun Markaziy bankning “MUNIS” tizimi «ERP sport» yagona elektron boşqaruv tizimiga integratsiya qilinadi. Xizmatlar uçun tölovlar yagona hisob raqamiga kelib tuşadi va avtomatik ravişda taqsimlanadi. Mablağlarning 80 foizi muassasaga, 10 foizi Sport vazirligining Sportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga, yana 10 foizi vazirlik huzuridagi «Raqamlaştiriş va sertifikatlaş markazi» MÇJga yönaltiriladi.
Qaror sport sohasini raqamlaştiriş orqali oçiq va şaffof qiliş, boşqaruv tizimini esa ixçam va samarali taşkil etişga qaratilgan. Hujjat, şuningdek, iqtidorli yoşlarni saralaş kölamini kengaytiriş, jismoniy tarbiya öqituvçilarini qöllab-quvvatlaş va murabbiylar tayyorlaş sifatini oşirişni közda tutadi.
Sport vazirligi «ERP sport» tizimini allaqaçon işga tuşirgan va uni «Raqamli hukumat» tizimiga integratsiya qilgan. Barça davlat jismoniy tarbiya-sport muassasalari va sport federatsiyalari sportçilar, murabbiylar hamda musobaqalar töğrisidagi ma’lumotlarni uşbu tizimga kiritişi şart. Ma’lumotlarning öz vaqtida taqdim etilişi va işonçliligi uçun mazkur taşkilotlar rahbarlari şaxsan javobgar hisoblanadi.
Sport sohasini raqamlaştirişga oid barça loyihalar, jumladan, «ERP sport» tizimini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş işlarini «Raqamlaştiriş va sertifikatlaş markazi» amalga oşiradi. Bu işlar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi mablağlari, zarurat tuğilganda esa Sportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan moliyalaştiriladi.
Sport muassasalarining sport zallari va stadionlariga markazlaşgan videokuzatuvni taşkil etiş uçun smart-kameralar örnatiladi.
Yiğilgan ma’lumotlar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi. Bunda taşriflar soni, maşğulotlar sifati va iqtidorli yoşlarni saralaş jarayonlari örganiladi. Tahlil natijalari «ERP sport» tizimiga uzatiladi.
Kameralar va serverlar 2026–2028 yillarda xarid qilinib, örnatiladi. Bu maqsadlar uçun 2025 yil 30 oktyabrdagi PQ-320-son qaror bilan davlat organlarida sun’iy intellektni joriy etişga beğaraz ajratilgan mablağlar yönaltiriladi.
MySport mobil ilovasida yangi funksiyalar paydo böladi. U orqali davlat va nodavlat sport taşkilotlarining obyektlarini soatbay, kunlik, oylik va yillik tariflar asosida band qiliş hamda tölovlarni amalga oşiriş mumkin böladi.
Ilova davlat sport obyektlarini ijaraga berişdan tuşadigan daromadlarni nazorat qiliş imkonini ham beradi. Foydalanuvçilar taşkilotlar reytinglari, sport turlari, tariflar, obyektlar manzillari, aksiyalar va boşqa ma’lumotlar bilan tanişişlari mumkin böladi.
2027 yil 1 yanvardan boşlab musobaqalar ğoliblari va sovrindorlari diplom hamda sertifikatlarni QR-kod bilan birga «ERP sport» tizimi orqali elektron şaklda oladi.
Maktablarda sport klublari va tögaraklari tarmoği kengaytiriladi. Har bir maktab individual va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan tögarak oçişi şart böladi. Bu «Maktabdan Sport akademiyasigaça» ğoyasi doirasida amalga oşiriladi, bunda maktablarga sport maktablari biriktiriladi.
2027 yildan boşlab maktablarga individual olimpiya sport turlari böyiça maşğulotlar ötkaziş uçun universal töplamlar yetkazib beriladi. Bu maqsadlar uçun Ta’lim sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasidan har yili 5 milliard sömgaça mablağ ajratiladi. Jismoniy tarbiya öqituvçilarining yillik iş rejasiga darsdan taşqari tögaraklar va ommaviy sport tadbirlari ham kiritiladi.
Sport vazirligi tizimidagi oltita Respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi. Uşbu maktablar gimnastika, yengil atletika, sport öyinlari, suv sporti turlari, qişki va texnik jihatdan murakkab sport turlari, şuningdek, yakkakuraş sport turlari böyiça faoliyat yuritadi.
Markaz avvalgi moliyalaştiriş tartibi saqlangan holda davlat muassasasi sifatida taşkil etiladi hamda mazkur maktablarning huquqiy vorisi hisoblanadi. U federatsiyalarni qöllab-quvvatlaydi va terma jamoalar uçun sportçilar tayyorlaş jarayonini muvofiqlaştiradi. Markazda faqat kattalar örtasidagi yozgi va qişki Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari rivojlantiriladi.
Markaz murabbiylariga sportçilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda erişgan natijalariga qarab har oylik ustamalar tölanadi. Markaz Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida beğaraz foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.
Ösmirlar uçun Respublika oliy sport mahorati maktabi tugatiladi. Uşbu maktabning boşqaruv xodimlari ştat birliklari markazga, murabbiylari esa Mirobod tumanidagi 2-son sport maktabiga ötkaziladi. Mol-mulk va binolar Toşkent şahar sport boşqarmasi balansiga topşiriladi.
Ixtisoslaştirilgan sport maktablari markazga zaxira sportçilarini bevosita yetkazib beruvçi hududiy tuzilmalarga aylantiriladi. Suv sporti turlari maktabining basseynlari va bazalari Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatidagi ixtisoslaştirilgan sport maktablari örtasida taqsimlanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida Vazirlar Kengaşi raisi hamda hokimlar huzurida sport böyiça maslahatçilar lavozimlari joriy etiladi. Bu lavozimlarga Milliy olimpiya qömitasining hududiy bölimlari ijroçi direktorlari tayinlanadi. Maslahatçilar Sport vazirligi va MOQ bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Maslahatçilar aholi, ayniqsa, yoşlarni ommaviy sportga jalb qiliş bilan şuğullanadi. Şuningdek, ular çekka mahallalarda sport obyektlarini quriş, «Prezident Olimpiadasi» musobaqalarining mahalliy bosqiçlarini taşkil etiş va hududiy terma jamoalarning yirik musobaqalarda iştirokini ta’minlaş uçun mas’ul böladi.
Qaror bilan Prezidentning avval qabul qilingan bir qator hujjatlariga ham özgartirişlar kiritilmoqda. Jumladan, endi öq otiş sporti böyiça terma jamoalar markazi davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida xususiy investor mablağlari hisobidan quriladi.