Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida O‘zbekistonga bug‘doy yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda “Agroeksport” federal markazi xabar berdi.
Yanvar oyidan avgustgacha Rossiyalik yetkazib beruvchilar O‘zbekistonga umumiy qiymati 12,6 million dollardan ortiq bo‘lgan 71 ming tonnadan ziyod bug‘doy jo‘natdi. Yillik taqqoslashda eksport hajmi 15,9 barobarga, uning qiymati esa 13,4 barobarga oshdi.
Yetkazib berishlarning asosiy qismi avgust oyiga to‘g‘ri keldi. Ushbu oyda O‘zbekistonga 65 ming tonnadan ortiq Rossiya bug‘doyi yetkazib berildi.
“Agroeksport” maʼlumotlariga ko‘ra, avgust oyidagi ko‘rsatkich kuzatuvlar olib borilgan butun davr mobaynidagi eng yuqori natija bo‘ldi.
Avvalgi rekord 2022 yil sentyabr oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda yetkazib berish hajmi qariyb 11 ming tonnani tashkil etgan.
Shunday qilib, 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga yetkazib berilgan Rossiya bug‘doyining umumiy hajmining 90 foizdan ko‘prog‘i avgust oyiga to‘g‘ri keldi.