Iqtisod

Toşkent viloyati yönalişlarida 5 601 ta çiptasiz yuriş holati aniqlandi

Toşkent viloyati yönalişlarida 5 601 ta çiptasiz yuriş holati aniqlandi
Toşkent viloyati yönalişlarida 5 601 ta çiptasiz yuriş holati aniqlandi / Foto: Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrini Toşkent viloyati bilan boğlovçi 18 ta avtobus yönalişida 1–15 noyabr kunlari çiptasiz yuriş bilan boğliq 5 601 ta holat aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Kuçaytirilgan nazorat tadbirlari Toşkent şahri yölovçi taşiş transportini monitoring va nazorat qiliş davlat muassasasi nazoratçilari tomonidan ötkazildi.

Tadbirlar yöl haqini tölaş intizomini oşiriş, çiptasiz yuriş holatlarining oldini oliş hamda yölovçilarning qonunçilik talablariga rioya etişini ta’minlaşga qaratilgan.

Tekşiruvlar davomida yölovçilarga avtobusga çiqiş vaqtida yöl haqini tölaş zarurligi tuşuntirildi. Nazoratçilar ularga transport va bank kartalaridan, naqd pulsiz tölovning boşqa usullaridan foydalaniş tartibi hamda çiptasiz yurişning huquqiy oqibatlari haqida ham ma’lumot berdilar.

Reydlar yakunlariga köra, yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan 5 601 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.

Qoidabuzarliklarning eng köpi quyidagi yönalişlarda qayd etildi:

8T-yönalişda — 593 ta holat.

145-yönalişda — 585 ta holat.

194-yönalişda — 531 ta holat.

65-yönalişda — 517 ta holat.

74-yönalişda — 417 ta holat.

Transport vazirligi eslatişiça, 2026 yil 1 sentyabrdan boşlab yalpi şartnomalar asosida faoliyat yurituvçi muntazam şahar avtobus yönalişlarida yölovçilar yöl haqini avtobusga çiqiş vaqtida tölaşlari şart.

Çiptasiz yuriş qonunçilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab böladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.