Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston delegatsiyasi Turkiyaga amalga oşirgan işçi taşrifi davomida “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilişida iştirok etayotgan kompaniyalar tajribasini örgandi. Tomonlar Özbekistonda atom sanoati uçun uskunalar va butlovçi qismlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Taşrif mamlakat vakillarining World Atomic Days xalqaro forumidagi iştirokidan söng taşkil etildi. Dastur doirasida Turkiya korxonalari bilan uçraşuvlar ötkazildi va “Akkuyu” AES quriliş maydoniga taşrif buyurildi.
AVAS Group ofisida delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan uçraşib, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş rejalari bilan tanişdi. Iştirokçilar “Atom-sanoat” maxsus sanoat zonasi hududida işlab çiqariş quvvatlarini joylaştiriş va mahsulot yetkazib berişni taşkil etiş imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Şundan söng Özbekiston vakillari atom elektr stansiyalari uçun quvur armaturalari va yuritmalar işlab çiqaruvçi VASTAŞ Valf zavodiga taşrif buyurdilar. Şuningdek, texnologik va muhandislik uskunalarini işlab çiqaruvçi ASOS Proses korxonasi faoliyati bilan tanişdilar.
“Akkuyu” AES joylaşgan hududda delegatsiya «Ozaltin Xolding» kompaniyasining muhandislik va quriliş sohasidagi tajribasini örgandi. Özbekiston vakillari stansiya xodimlari uçun barpo etilayotgan turar joy majmuasini közdan keçirib, keyin quriliş maydoniga taşrif buyurdilar.
Taşrif doirasida taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, birinçi energoblok işga tuşiriş işlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqiçida turibdi. Blok qurilişi yakunlangan, konturlarda gidravlik sinovlar, şuningdek, himoya qobiğining germetikligi va mustahkamligi böyiça tekşiruvlar ötkazilgan.
Quriliş maydonida reaktor qurilmasini sovuq va issiq holatda sinovdan ötkazişga tayyorgarlik işlari davom etmoqda. Taşrif dasturiga birinçi energoblokning blok boşqaruv pulti va maşina zali, elektr energiyasini uzatiş tizimi, ombor angar hamda ventilyatsiya sexi bilan tanişiş ham kiritildi.
Delegatsiya Silifke şahridagi İncetcom korxonasiga ham taşrif buyurdi. Kompaniya “Akkuyu” AES uçun ventilyatsiya, sovitiş va quvur tizimlarini loyihalaş, işlab çiqariş hamda montaj qiliş bilan şuğullanadi.
Özbekiston vakillari korxonaning “Atom-sanoat” maxsus sanoat zonasi hududida şunga öxşaş işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etişda iştirok etiş imkoniyatlarini baholadilar.
Uçraşuvlar yakunida taşrif buyurilgan kompaniyalar bilan hamkorlikni davom ettiriş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi.
Tomonlar uşbu kompaniyalarni Özbekistonda uskunalar va butlovçi qismlar işlab çiqarişga jalb etiş istiqbollarini muhokama qildilar.
Turkiya tajribasini örganiş atom sanoati uçun mahalliy işlab çiqariş bazasini rivojlantiriş va Özbekistonning birinçi atom elektr stansiyasi loyihasi doirasida mahalliylaştiriş darajasini oşirişga qaratilgan.