Iqtisod

Özbekiston AQŞda öz mahsulotlari şourumini oçdi

Özbekiston AQŞda öz mahsulotlari şourumini oçdi
Özbekiston AQŞda öz mahsulotlari şourumini oçdi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 27 oktyabrdan 3 noyabrga qadar özbekistonlik tadbirkorlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va mahalliy mahsulotlarni Amerika bozorida ilgari suriş maqsadida AQŞda biznes-missiya ötkazdi.

Safar Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kömagida Business Diplomat taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Nyu-York şahrida delegatsiya UZBEX elektron platformasini taqdim etdi.

Vaşingtonda esa DFC, White & Case yuridik firmasi va CLDP dasturi vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Tomonlar eksportni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.

Kaliforniyada biznes-missiya iştirokçilari Amazon logistika infratuzilmasi bilan tanişdi.

Safarning asosiy natijalaridan biri AQŞ bozorida özbek mahsulotlarini ilgari surişga möljallangan şourum va logistika omborining oçilişi böldi.

Taşkilotçilar erişilgan natijalar özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning eksport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda Özbekiston va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişini kutmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.