Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Qizilqumsement” kompaniyasi 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida 4,7 mlrd söm sof foyda oldi. Ötgan yilning şu davrida esa kompaniya 16,0 mlrd söm zarar körgan edi.
III çorakda kompaniya 910,8 mln söm zarar kördi. Vaholanki, 2025 yilning xuddi şu çoragida 54,1 mlrd söm foyda olgan edi. Yillik hisobda çoraklik moliyaviy natija 101,7 foizga yomonlaşgan.
Töqqiz oylik davrda kompaniyaning tuşumi 1,1 trln sömdan 682,2 mlrd sömgaça kamaydi. Bu 38,8 foizlik pasayişni anglatadi. Mahsulotlarni sotiş xarajatlari ham şu davrda 143,5 mlrd sömdan 86,1 mlrd sömga qisqardi.
Kompaniya aktivlari 3,9 trln sömni taşkil etib, bir yil avvalgi körsatkiçdan 1,9 foizga kam böldi. Kapital bir yil davomida 0,4 foizga qisqarib, 3,0 trln sömni taşkil etdi. Taqsimlanmagan foyda esa 1,2 foizga ösib, 1,8 trln sömga yetdi.
Çorak yakuniga kelib, kompaniyaning uzoq muddatli bank kreditlari miqdori bir yil avvalgi 595,5 mlrd sömdan 510,0 mlrd sömgaça kamaydi.
Qisqa muddatli qarzlar esa özgarişsiz qolib, 33,3 mlrd sömni taşkil etdi.