7
Iqtisod

Nafas oliş tizimi kasalliklari: köpçilik e’tibor bermaydigan xavf omillari va dastlabki belgilar

Nafas oliş tizimi kasalliklari: köpçilik e’tibor bermaydigan xavf omillari va dastlabki belgilar
Nafas oliş tizimi kasalliklari: köpçilik e’tibor bermaydigan xavf omillari va dastlabki belgilar / Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Dunyoda har yili millionlab insonlar turli kasalliklar tufayli hayotdan köz yumadi. Ammo eng köp ölimga sabab bölayotgan xastaliklar qaysilar? Ular orasida biz köpinça oddiy deb qaraydigan yötal yoki nafas qisişi bilan boğliq öpka kasalliklari ham borligini bilasizmi?

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2026-yilda e’lon qilingan sönggi global hisob-kitoblariga köra, 2023-yilda dunyo böyiça qayd etilgan 61 million ölim holatining qariyb 33 millioni, ya’ni 54 foizi atigi 10 ta asosiy sabab hissasiga töğri kelgan.

Uşbu röyxatda yurak işemik kasalligi birinçi, insult ikkinçi örinni egallagan. E’tiborlisi, uçinçi örinda surunkali obstruktiv öpka kasalligi (SOÖK) qayd etilgan. Mazkur xastalikning özi 2023-yilda dunyo böyiça 3,6 million insonning hayotiga zomin bölgan.

Bundan taşqari, quyi nafas yöllari infeksiyalari törtinçi, traxeya, bronx va öpkaning xavfli ösmalari esa yettinçi örindan joy olgan. Demak, dunyoda ölimga olib keluvçi 10 ta asosiy sababning uçtasi bevosita nafas oliş tizimi bilan boğliq.

Bu raqamlar öpka salomatligiga e’tibor qaratiş naqadar muhimligini yana bir bor körsatadi. Ayniqsa, uzoq davom etadigan yötal, balğam ajralişi va nafas qisişi kabi belgilarni oddiy holat deb qabul qiliş jiddiy kasalliklarning keç aniqlanişiga sabab bölişi mumkin.

Xöş, millionlab insonlar hayotiga xavf solayotgan surunkali obstruktiv öpka kasalligi aslida nima? Nega bu muammo çekmaydigan insonlarga ham taalluqli? U qanday rivojlanadi, dastlabki belgilari nimalardan iborat va eng muhimi, Özbekistonda vaziyat qanday?

Kasallaniş körsatkiçlari ortişining sabablari

Özbekistonda 2024–2025-yillar davomida nafas oliş a’zolari kasalliklari böyiça qayd etilgan kasallaniş körsatkiçi qariyb 3 foizga oşgan. Ayrim kasalliklar böyiça esa özgarişlar ança sezilarli bölgan. Xususan, pnevmoniya bilan kasallaniş körsatkiçi taxminan 2,6 barobarga ortgan.

Bu raqamlar nafas oliş tizimi salomatligiga e’tibor qaratiş naqadar muhimligini körsatadi. Pnevmoniya tufayli bemorni şifoxonaga yotqiziş zarurati yuzaga kelişi mumkin. Surunkali kasalliklar esa uzoq muddatli davolaniş va muntazam tibbiy nazoratni talab qiladi.

Har bir kasallik holati ortida inson hayotidagi muayyan özgarişlar turadi: işga çiqa olmaslik, oilaviy xarajatlarning ortişi va kundalik faollikning çeklanişi.

Şu bilan birga, statistik ma’lumotlar faqat rasman qayd etilgan kasallaniş holatlarini aks ettiradi. Ularga kasalliklarning amaldagi tarqalişi, aholining tibbiy yordamga murojaat qiliş darajasi va tekşiruvlardan foydalaniş imkoniyatlari ham ta’sir körsatadi.

Şu sababli kasallaniş körsatkiçlarining ortişini faqat bitta omil, masalan, havoning ifloslanişi bilan izohlaş notöğri böladi.

Muammoning yana bir jihati şundaki, ayrim kasalliklar uzoq vaqt aniqlanmasdan qolişi mumkin. Inson yötaladi, tezroq çarçaydi, jismoniy zöriqişdan qoçişga harakat qiladi, biroq şifokorga murojaat qilmaydi.

Kasallik aniqlanmagunça bemor zarur davolanişni olmaydi va uning salomatligi asta-sekin yomonlaşişi mumkin.

Soğliqni saqlaş tizimi uçun bu kasalliklarni öz vaqtida aniqlaş zarurligini anglatadi. Har birimiz uçun esa kundalik hayotimizning odatiy qismiga aylanib qolgan özgarişlarga jiddiyroq e’tibor qaratişga undaydi.

Inson kasallikka qanday könikib qoladi?

Dastlab zinadan kötariliş qiyinlaşa boşlaydi. Keyinçalik piyoda yurganda qadamni sekinlaştirişga töğri keladi. Ertalabki yötal odatiy holga aylanadi, kundalik yumuşlardan keyingi çarçoq esa yoş ulğayişi yoki iş jadvalining tiğizligi bilan izohlanadi.

Inson asta-sekin bu holatga moslaşadi: qisqaroq yölni tanlaydi, liftdan foydalanadi, faol dam olişdan voz keçadi. Şu tariqa, kasallik belgilari tibbiy yordamga murojaat qilişdan ança oldin insonning kundalik hayotini çeklay boşlaydi.

«Öpka kasalliklari» degan umumiy tuşunça ortida turli xastaliklar mavjud. Pnevmoniya — ötkir şaklda rivojlanişi mumkin bölgan infeksion kasallik. Bronxial astma köpinça vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan yötal, nafas olayotganda huştaksimon tovuş eşitilişi va kökrak qafasida siqiliş hissi bilan namoyon böladi. Öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (ÖSOK) esa, odatda, asta-sekin rivojlanadi. ÖSOKda nafas yöllarida doimiy özgarişlar yuzaga keladi, öpka töqimalari şikastlanişi mumkin. Natijada havoning bronxlar orqali ötişi, ayniqsa, nafas çiqariş qiyinlaşadi.

Bemorda yötal, balğam ajralişi va hansiraş kuzatiladi. Vaqt ötişi bilan hansiraş hatto oddiy kundalik yumuşlarni bajarişga ham xalaqit berişi mumkin. Biroq faqat bitta alomatga qarab kasallikni aniqlab bölmaydi. Masalan, hansiraş yurak kasalliklarida ham uçraydi.

Şu sababli noqulay holatga şunçaki moslaşiş emas, balki salomatlik yomonlaşuvining asl sababini aniqlaş muhimdir.

Nega çekmaydigan insonlar ham xavf ostida?

Çekiş — ÖSOK va öpka saratoni rivojlanişiga sabab böluvçi, oldini oliş mumkin bölgan asosiy xavf omillaridan biridir.

Tamaki tutuni nafas yöllarini şikastlaydi va yalliğlaniş jarayonining davom etişiga sabab böladi. Tamaki mahsulotlaridan voz keçiş har qanday yoşda, hatto kasallik aniqlanganidan keyin ham salomatlikni himoya qilişga yordam beradi.

Biroq zararli moddalar ta’siri faqat insonning özi çekadigan sigaret bilan çeklanmaydi.

Inson uyda, avtomobilda yoki iş joyida boşqalar çekayotgan sigaret tutunidan muntazam nafas olişi mumkin. Bunday şaroitda bolalar ham tamaki tutunining zararli ta’siriga duçor böladi, vaholanki, ular bu zararli odatni özlari tanlamagan.

Yana bir xavf manbai — mehnat şaroiti. Quriliş va işlab çiqariş çanglari, kimyoviy buğlar hamda gazlar yillar davomida nafas yöllariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şu sababli iş joylarida şamollatiş tizimining töğri işlaşi, çang miqdorini kamaytiriş va tegişli himoya vositalaridan foydalaniş xodimlar salomatligini asraşda muhim ahamiyatga ega.

Kundalik turmuşda esa isitiş moslamalari va ovqat tayyorlaş jarayonida hosil böladigan tutun, uskunalarning sozligi hamda yoniş mahsulotlarining taşqariga çiqarilişi muhim hisoblanadi. Yaxşi şamollatilmaydigan xonalarda qattiq yoqilğidan foydalanilganda, u yerda bölgan barça insonlar zararli moddalar ta’siriga duçor böladi.

Özbekiston uçun taşqi muhit bilan boğliq omillar ham dolzarbdir. Jumladan, çang böronlari, xususan, Orolböyi hududidagi çang kötarilişi, transport vositalari va sanoat korxonalaridan çiqadigan zararli moddalar şular jumlasidandir. Ifloslangan havo nafas oliş tizimining mavjud kasalliklarini oğirlaştirişi va salomatlik uçun xavfni oşirişi mumkin.

Xavf darajasi har bir insonda turliça böladi. Bu zararli omillarning ta’sir kuçi va davomiyligi, insonning yoşi hamda organizmining umumiy holatiga boğliq. Ammo toza havo barçaga zarur. Şu bois profilaktika nafaqat şaxsiy odatlarni, balki mehnat şaroiti va atrof-muhit holatini ham qamrab oladi.

Öpka salomatligini asraşga nimalar yordam beradi?

Profilaktika, avvalo, zararli omillar ta’sirini kamaytirişdan boşlanadi. Çekuvçi inson uçun eng muhim qadam — tamaki mahsulotlaridan voz keçiş. Agar çekişni mustaqil taşlaş qiyin bölsa, şifokor bilan maslahatlaşib, mavjud yordam usullaridan foydalaniş lozim. Atrofdagilarni passiv çekiş ta’siridan himoya qiliş ham muhimdir.

Iş joyida xavfsizlik talablariga rioya qiliş, belgilangan şaxsiy himoya vositalaridan foydalaniş va majburiy tibbiy köriklardan ötiş zarur. Uy şaroitida isitiş moslamalari va şamollatiş tizimlarining sozligini nazorat qiliş kerak. Çang böronlari va havo kuçli ifloslangan paytlarda mahalliy tavsiyalarga amal qiliş, oçiq havoda yuqori jismoniy faollikni çeklaş maqsadga muvofiq.

Infeksiyalardan himoyalaniş ham alohida ahamiyatga ega. Gripp va boşqa respirator infeksiyalar surunkali kasalliklarning zörayişiga sabab bölişi mumkin. Gripp, pnevmokokk infeksiyasiga qarşi emlaniş va boşqa zarur profilaktik emlaşlar masalasini insonning yoşi hamda salomatlik holatini hisobga olgan holda şifokor bilan maslahatlaşiş kerak. Muntazam jismoniy faollik çidamlilikni saqlaşga yordam beradi.

Öpka kasalliklari mavjud bölganda jismoniy yuklama har bir bemor uçun individual tanlanadi. Ayrim bemorlarga öpka reabilitatsiyasi tavsiya etilişi mumkin.

Agar davolaş allaqaçon buyurilgan bölsa, şifokor tavsiyalariga rioya qiliş va ingalyatordan töğri foydalaniş muhimdir. Ingalyatorni qöllaş texnikasini tibbiyot xodimi bilan birgalikda tekşirib oliş tavsiya etiladi.

Qaçon şifokorga murojaat qiliş kerak?

Bir neça hafta davomida saqlanib qolayotgan yötal, muntazam balğam ajralişi, nafas olayotganda huştaksimon tovuş eşitilişi va odatiy jismoniy harakatlarda hansiraş — şifokor bilan maslahatlaşiş uçun yetarli sababdir. Dastlab oilaviy şifokorga murojaat qiliş mumkin. ÖSOKdan şubha qilinganda şifokor spirometriya tekşiruvini buyurişi mumkin.

Spirometriya — nafas çiqarilayotgan havo hajmi va uning çiqiş tezligini ölçaş orqali öpka faoliyatini baholaşga yordam beradigan tekşiruv usuli. Boşqa tekşiruvlar esa tibbiy körsatmalarga muvofiq belgilanadi.

Har bir insonning o‘z tashabbusi bilan kompyuter tomografiyasidan (KT) o‘tishi yoki barcha turdagi tekshiruvlarni topshirishi shart emas.

Muhim! To‘satdan kuchli hansirash, lablarning ko‘karishi, ongning chalkashishi yoki havo yetishmasligi sababli gapira olmaslik holatlarida zudlik bilan 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqirish zarur.

«Erkin nafas»: Sog‘lom nafas — sog‘lom hayot garovi!

21-noyabr — Butunjahon surunkali obstruktiv o‘pka kasalligiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur aksiyaning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida nafas olish tizimi kasalliklarining oldini olish, ularni erta aniqlash hamda o‘pka salomatligiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishdan iborat.

Sog’liqni saqlash vazirligi ushbu kun munosabati bilan 16-21-noyabrgacha “Erkin nafas” haftaligini e’lon qiladi.

«Erkin nafas» haftaligi doirasida barcha fuqarolarni quyidagi tibbiy xizmatlaridan o’z poliklinika va pulmonologiya markazlaridan o’tishni tavsiya qiladi:

• Malakali shifokorlar maslahati — nafas olish tizimi salomatligini baholash va zarur tibbiy tavsiyalar olish;

• Spirometriya tekshiruvi — o‘pkaning nafas olish funksiyasini baholash va nafas yo‘llaridagi o‘zgarishlarni aniqlash;

• Zamonaviy rentgenologik tekshiruvlar — sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tasvirlarni tahlil qilish orqali o‘pkadagi ehtimoliy patologik o‘zgarishlarni aniqlashga ko‘maklashish.

Aksiya nafaqat kasallik alomatlarini sezayotgan, balki o‘pka salomatligiga befarq bo‘lmagan fuqarolar uchun ham o‘z sog‘lig‘iga e’tibor qaratish imkoniyatidir. Tekshiruvlar zarurati va turi shifokor tomonidan belgilanadi.

«Erkin nafas» — sog‘lom nafas olish, faol hayot kechirish va o‘z salomatligingiz sari muhim qadam tashlash uchun imkoniyat!

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.