Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik işlab çiqaruvçilar Ömonning Khimji Ramdas Group kompaniyasi vakillari bilan oziq-ovqat mahsulotlarini Spar Oman supermarketlar tarmoğiga yetkazib beriş istiqbollarini muhokama qildi. Tomonlar mahalliy bozorni örganiş uçun dastlab mahsulot namunalarini yuborişga kelişib oldi.
Uçraşuv Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi kömagida taşkil etildi. Muzokaralarda mahalliy işlab çiqaruvçilar va Ömonning yirik kompaniyalaridan biri vakillari iştirok etdi.
Khimji Ramdas Group kompaniyasi 1870 yilda taşkil etilgan bölib, bir neçta sohada faoliyat yuritadi. Kompaniyaga Ömon sultonligi hududidagi 31 ta supermarketni birlaştirgan Spar Oman tarmoği tegişli.
Muzokaralarda bir neçta özbek brendi mahsulotlarini uşbu supermarketlar tarmoğida sotuvga çiqariş istiqbollari körib çiqildi. Ular orasida «365 kun», «Iz Korzinki» savdo belgisi ostidagi yangi va quritilgan mevalar, Ermak hamda Frutystan mahsulotlari bor.
Uçraşuv yakunida tomonlar birinçi bosqiçda mahsulot namunalarini Ömonga yuborişga kelişib oldi. Bu mahalliy bozordagi talab va iste’molçilarning xohiş-istaklarini örganiş imkonini beradi.
Olingan natijalar tahlil qilinganidan söng tomonlar özbek mahsulotlarini Spar Oman supermarketlarida sotişni yölga qöyiş imkoniyatini körib çiqişni rejalaştirmoqda.