Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi raisi Muhammadjon Jumaniyazov Özbekistondagi Bangladeş elçisi Muhammad Monirul Islom bilan uçraşdi.
Tomonlar töqimaçilik sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi xabar berdi.
Muzokaralar davomida özbek töqimaçilik mahsulotlari eksportini Bangladeşga oşiriş, Çittagong şahridagi ombor infratuzilmasidan foydalaniş hamda gilam mahsulotlari işlab çiqaruvçilar uçun jut xomaşyosini markazlaşgan tartibda import qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Şuningdek, Özbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, Bangladeşdan malakali mutaxassislar va işçilarni jalb qiliş masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan taşqari, tomonlar 2027 yil yanvar oyida ötkazilişi rejalaştirilgan BATEXPO xalqaro körgazmasi doirasida özbek töqimaçilik korxonalarining Bangladeşga biznes-missiyasini taşkil etiş masalasini işlab çiqişga kelişib oldi.
Taşrif dasturi doirasida B2B uçraşuvlar, Bangladeşning sanoat va savdo vazirliklari, şuningdek, töqimaçilik sanoati va jut masalalari bilan şuğullanuvçi idoralari bilan muzokaralar ötkaziş nazarda tutilgan.
Şuningdek, BGMEA va BKMEA tarmoq birlaşmalari bilan uçraşuvlar taşkil etiş hamda mamlakatdagi yirik töqimaçilik korxonalari faoliyati bilan tanişiş rejalaştirilgan.