Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Özbekistonda çorvaçilik mahsuldorligi va uning iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş uçun 60 million dollarlik imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Loyiha mamlakatning beşta hududidagi qariyb 29 mingta kiçik fermer xöjaligini qamrab oladi. Bu haqda OTB xabar berdi.
«Barqaror çorvaçilikni rivojlantiriş» loyihasi Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşiriladi. Uning asosiy vazifalari fermerlarning ozuqa resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş, veterinariya xizmatlarini mustahkamlaş va yaylovlarni boşqariş samaradorligini oşirişdan iborat.
Loyiha doirasida qurğoqçilik, haddan taşqari issiqlik va suv tanqisligiga moslaşiş çoralarini joriy etiş rejalaştirilgan. Xususan, yaylovlarni boşqarişni takomillaştiriş, qurğoqçilik va şörlanişga çidamli ozuqa ekinlari yetiştirişni kengaytiriş, çorva mollari uçun suv içiş nuqtalarini tiklaş hamda ozuqa resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda veterinariya va maslahat xizmatlari qamrovini kengaytiriş rejalaştirilgan. Rejalaştirilgan yeçimlar qatoriga sun’iy intellekt yordamida yaylovlarni monitoring qiliş, fermerlar uçun tavsiyalar va erta ogohlantiriş tizimiga ega mobil ilovani işlab çiqiş, şuningdek, mahalliy jamoalar darajasida veterinariya yordamini modernizatsiya qiliş kiradi.
Çorvaçilik sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ular uçun ixtisoslaştirilgan öquv kurslari va ozuqa işlab çiqarişda qöllab-quvvatlaş çoralari belgilangan. Şuningdek, ayollarning tadbirkorlik faoliyatida iştirok etişi va qarorlar qabul qilişdagi imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.
OTBning 60 million dollarlik krediti «Muzliklardan fermer xöjaliklarigaça» (Glaciers to Farms) dasturi doirasida Yaşil iqlim jamğarmasining 5 million dollarlik granti hamda Yaponiya hukumati tomonidan OTB orqali moliyalaştiriladigan Yaponiyaning Osiyo va Tinç okeani mintaqasining farovonligi va barqarorligi jamğarmasi (JFPR) tomonidan ajratiladigan 3 million dollarlik grant bilan töldiriladi.
OTBning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Arayaning ta’kidlaşiça, çorvaçilik mamlakat qişloq aholisi uçun daromad va oziq-ovqatning muhim manbai bölib qolmoqda. Biroq bu soha qurğoqçilik, haddan taşqari issiqlik va suv tanqisligi oqibatlariga duç kelmoqda.