O‘zbekiston

Samarqandda “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinishning oldi olindi

Samarqandda “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinishning oldi olindi
Samarqandda “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinishning oldi olindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinishning oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1956 yilda tug‘ilgan samarqandlik fuqaro, avval firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, tegishli vakolatlarga ega bo‘lmagan holda, Oqdaryo tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaroga ziyoratni amalga oshirish uchun safarlarini tashkil etib berishni taklif qilgan.

Erkak safarni tashkil etish uchun 4 800 AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazib, uni 3 000 AQSH dollari miqdoridagi avansni olayotgan vaqtida ushlagan.

Ushlash vaqtida ashyoviy dalillar qayd etilgan va olib qo‘yilgan.

Mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni qonunchilikning shu kabi buzilishlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Idorada murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi taʼkidlangan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.