Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Portugaliyada o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Turkiya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda hisob 40-daqiqada ochildi. Turkiya terma jamoasi yana bir golni 50-daqiqada urdi. Shundan so‘ng 0:2 hisobi yakuniy signalga qadar o‘zgarmadi.
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibida Abdulboriy Zoidjonov, Mirjamol Anvarov, Mashhurbek Abdisoliyev, Jahongirmirzo O‘ktamboyev, Abubakir Rahimov, Islom Ravshanov, Muhammad Mamatbekov, Mirkomil Murodov, Suxrob Sadirjonov, Asilbek Aliyev va Muhammadodilxon Orifxonov maydonga tushdi. Jamoa sardori Mirjamol Anvarov bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Mehroj Sirojiddinov, Elsevar Olimov, Nurmuhammad O‘ktamov, Adiz Abdunabiyev, Damir Mirzabekov, Bilol Aliyev, Ahror Ravshanbekov, Habibulloh Tohirov va Laziz Abduraimov maydonga tushdi.
Uchrashuv O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Portugaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkazildi.