Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari Feruza Kazakova va Sitora Turdibekova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Feruza Kazakova 51 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etdi. U yarim final janggida Xitoy vakili Yu Vuga mag‘lub bo‘lib, musobaqa yakuniga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi.
Sitora Turdibekova 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medali sohibi bo‘ldi. Yarim finalda o‘zbekistonlik sportchi Xitoy Taybeyi vakili Lin Yuga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining har ikki vakili Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini bronza medallari bilan yakunladi.