Shoshilinch
O‘zbekiston

Namangan viloyatida bolaga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyatida bolaga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi
Namangan viloyatida bolaga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatida bolalar bog‘chalaridan birining ombor mudiriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U besh yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati maʼlum qildi.

Jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi — 14 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida jabrlangan bolaning qonuniy manfaatlari taʼminlanishini nazorat qilmoqda.

Maʼlumot kelib tushganidan so‘ng Uchqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari qizchaning yashash manziliga borib, vaziyatni dastlabki baholash ishlarini amalga oshirdi. Baholash natijalariga ko‘ra, bola yuqori xavf guruhiga kiritildi.

Ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda markaz mutaxassislari bolaning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rdi.

Qizcha va uning onasiga psixologik, tibbiy va yuridik yordam, shuningdek, zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda bola ota-onasining qaramog‘ida, oilasida bo‘lib turibdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.