O‘zbekiston

O‘zbekistonlik snayperlar Janubiy Koreyada musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik snayperlar Janubiy Koreyada musobaqada g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik snayperlar Janubiy Koreyada musobaqada g‘olib bo‘ldi / Foto: Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 3–10 sentyabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan III Xalqaro snayperlar musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada sakkiz mamlakatdan 28 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilarga turli sharoitlarda — shahar, tog‘ va o‘rmon hududlarida kunduzi va tunda taktik mashqlarni bajarish vazifasi yuklatildi.

Musobaqaning o‘ziga xos jihati harakatlanuvchi va havodagi nishonlardan keng foydalanilgani bo‘ldi. Ular barcha nishonlarning 40 foizini tashkil etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 678,4 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. 666,6 ball natija qayd etgan Vyetnam jamoasi ikkinchi o‘rinni oldi. 471,1 ball to‘plagan Turkiya vakillari uchinchi bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoasi uchun ushbu g‘alaba ketma-ket uchinchi bo‘ldi.

2024 yilda O‘zbekiston vakillari mazkur musobaqada ikkinchi o‘rinni egallagan, 2025 va 2026 yillarda esa g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

 

Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.