Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zkimyosanoat” AJ Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries va Mitsubishi Machinery kompaniyalari bilan “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish loyihasini muhokama qildi.
Uchrashuv korxonaning amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini minimal darajada modifikatsiya qilish va kam miqdorda investitsiya kiritish hisobiga ishlab chiqarish hajmini 15–20 foizga oshirish imkoniyatlariga bag‘ishlandi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar ishchi guruh tuzish, zarur texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish va ular asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilashga kelishib oldi.
Mazkur loyiha doirasida hamkorlikni tizimli tashkil etishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) 9 sentyabr kuni Toshkentda Yaponiya–O‘zbekiston forumi doirasida imzolandi.