Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondagi avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSH) avgust oyida yoqilg‘i sotuvidan 3,69 trln so‘m tushum oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabar berdi.
Oy davomida AYQSHlarning o‘rtacha kunlik tushumi 119,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kunlar kesimida ko‘rsatkich o‘zgarib turgan bo‘lsada, oy davomida umumiy dinamika barqaror saqlandi.
Avgust oyida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida jami 18 116 296 ta tranzaksiya amalga oshirildi. Bir sutkada AYQSHlarda o‘rtacha 584 396 ta operatsiya qayd etilgan.
O‘rtacha kunlik tushum tarkibida asosiy ulush oddiy bank kartalari orqali to‘lovlarga to‘g‘ri keldi — 91,2 foiz yoki 108,6 mlrd so‘m.
Yana 6,6 foiz, yaʼni 7,8 mlrd so‘m miqdoridagi tushum momental kartalar hissasiga, 2,2 foiz yoki 2,7 mlrd so‘m esa yoqilg‘i kartalari hissasiga to‘g‘ri keldi.