Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 sentyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ayshe Berris Ekinji bilan uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Uchrashuv ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida tashkil etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikning barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotganini taʼkidladi.
Muzokaralar davomida Baxtiyor Saidov va Ayshe Berris Ekinji xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari yaqinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etish rejalarini muhokama qildi.