Moliya

Xalq banki Forbes jahonning eng yaxshi banklari reytingiga kirdi

Xalq banki Forbes jahonning eng yaxshi banklari reytingiga kirdi
Xalq banki Forbes jahonning eng yaxshi banklari reytingiga kirdi / Foto: Xalq banki.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Forbes jurnali 2026 yil uchun World‘s Top Performing Banks reytingini — dunyodagi eng samarali banklar ro‘yxatini eʼlon qildi. Undan O‘zbekistonning Xalq banki ham o‘rin oldi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Forbes va Statista hamkorligida tuzilgan reyting 89 mamlakatdan 500 ta bankni qamrab olgan. Xalq banki aktivlari 3 milliard dollardan 10 milliard dollargacha bo‘lgan banklar toifasiga kiritilgan.

Banklar xalqaro moliyaviy hisobot, audit natijalari hamda so‘nggi uch yildagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida baholangan. Xususan, rentabellik, o‘sish surʼatlari va daromadlar sifati, kapital va moliyalashtirish barqarorligi, shuningdek, aktivlarning sifati va samaradorligi inobatga olingan.

Xalq bank taʼkidlashicha, mazkur global eʼtirof O‘zbekiston bank-moliya tizimini transformatsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro darajada amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalaridan biri hisoblanadi.

 

Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.