Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyul oylarida transport xizmatlari hajmi 121,5 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, transport xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulush avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri kelgan — 52,4 foiz.
Transportga yordamchi faoliyatning ulushi 15,4 foizni, havo transporti 14,5 foizni, temir yo‘l transporti 9,4 foizni tashkil etgan.
Quvur transportining ulushi esa 8,3 foizga teng bo‘lgan.