Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Belgiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Matias Kende bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Belgiya munosabatlarining bugungi holati va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalda taʼminlashda parlamentlarning muhim rolini taʼkidladi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik guruhlari va sohaviy qo‘mitalar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.
Suhbatda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalariga alohida o‘rin ajratildi.
Xususan, Belgiya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish, texnologiyalar transferi va mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutuvchi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.