O‘zbekiston

Saidov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini qabul qildi

Saidov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini qabul qildi
Saidov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini qabul qildi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 sentyabr kuni Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Martin Rozenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashganini taʼkidladi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov Martin Rozenga O‘zbekistondagi yangi masʼuliyatli diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.