7
Özbekiston

Toşkentda yölovçini haqorat qilgan ikki erkak qamoqqa olindi

Toşkentda yölovçini haqorat qilgan ikki erkak qamoqqa olindi
Toşkentda yölovçini haqorat qilgan ikki erkak qamoqqa olindi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda metro bekatidagi mojarodan söng bir yigitni haqorat qilgan ikki erkak uç sutkaga ma’muriy qamoqqa hukm qilindi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, A. ismli fuqaro metro vagonida bir yigit unga joy bermaganidan söng u bilan oğzaki janjallaşib qolgan.

Biroq mojaro metro hududidan taşqarida ham davom etgan. A. yigitning ortidan Çilonzor tumanidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalaridan birigaça borgan.

IIB ma’lumotiga köra, jamoat joyida bölgan erkak jabrlanuvçini haqorat qilişda davom etgan va umume’tirof etilgan xulq-atvor qoidalarini buzgan. U sodir bölayotgan voqealarni közoynagiga örnatilgan kamera orqali tasvirga olgan.

Keyinroq A. videyozuvni Instagram‘dagi sahifasiga joylaştirgan.

Jabrlanuvçining aytişiça, u notaniş şaxslarning bunday xatti-harakatlariga nima sabab bölganini tuşunmagan. Uning sözlariga köra, öşa kuni uning tasviri tuşirilgan videolavha roziligisiz ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan.

Qoidabuzarlardan biri videoni e’lon qilişdan maqsad kontent va layklar töplaş bölganini tuşuntirdi. U sodir bölgan voqea uçun uzr söradi.

Mojaroning ikkinçi iştirokçisi ham qilmişidan puşaymonligini bildirdi.

Çilonzor tumani jinoyat işlari böyiça sudi har ikki erkakni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topdi. Ularning har biriga uç sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.