Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil oktyabr oyi Özbekistonda iqlimiy me’yordan iliq keldi, biroq mamlakatning aksariyat hududlarida yoğingarçilik odatdagidan kam böldi. Bundan Xorazm viloyati mustasno bölib, bu yerda oylik yoğin miqdori me’yordan beş-olti baravar köp böldi. Natijada oktyabr meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng seryoğin oy sifatida qayd etildi.
Respublikaning katta qismida havoning örtaça oylik harorati me’yordan 1–2,2 daraja yuqori böldi. Şimoliy hududlarda, çöl mintaqasida, şuningdek, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida harorat me’yor doirasida bölib, 12–17 darajani taşkil etdi. Janubda esa örtaça harorat 18–21 darajaga yetdi.
Kunduz kunlari havo harorati asosan 23–28 daraja atrofida böldi. Eng iliq kunlarda havo 30–32 darajagaça, janubda esa 34–36 darajagaça isidi. Qisqa muddatli sovuq tuşgan davrlarda kunduzgi harorat 15–20 darajagaça pasaydi.
Eng sovuq tunlarda harorat 1–6 daraja iliq, janubda esa 7–11 daraja iliq böldi. Oyning uçinçi ön kunligida mamlakat şimolida va çöl mintaqasida şu kuz mavsumida birinçi marta qirov kuzatildi. Harorat 1–3 daraja sovuqqaça, Qoraqalpoğistonning ayrim hududlarida esa 4–6 daraja sovuqqaça pasaydi.
Oktyabr oyida yoğingarçilik odatdagidan kam böldi. Yomğir oyning dastlabki beş kunida ayrim kunlarda, 11–12 oktyabr hamda 28–29 oktyabr kunlari yoğdi. Yoğingarçilik asosan kuçsiz yoki örtaça bölib, bir sutkalik yoğin miqdori 0 dan 12 mm gaçani taşkil etdi.
Eng kuçli yoğingarçilik 1–2 oktyabr kunlari Toşkent, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida, 5 oktyabr kuni esa Farğona viloyatining toğli qismida kuzatildi. Bu hududlarda bir sutkada 15–39 mm yoğin yoğdi.
Xorazm viloyatida 11 oktyabr kuni 16–26 mm yomğir yoğdi. Bu körsatkiç meteorologik kuzatuvlar tarixida oktyabr oyi uçun qayd etilgan bir sutkalik yoğingarçilik miqdori rekordini yangiladi.
Umuman, oy davomida Özbekistonning aksariyat hududlarida 11–45 mm yoğin yoğdi. Toşkent viloyatining toğli hududlarida esa ayrim joylarda yoğin miqdori 49–97 mm ni taşkil etdi.
Şu bilan birga, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida, Qoraqalpoğistonning katta qismida, Qaşqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida, şuningdek, Toşkent, Jizzax va Buxoro viloyatlarining ba’zi joylarida yoğin miqdori atigi 0–10 mm böldi.
Mamlakatning katta qismida oylik yoğin miqdori me’yorning 0–75 foizini taşkil etdi. Farğona vodiysida, Buxoro va Navoiy viloyatlarining aksariyat hududlarida, şuningdek, Qoraqalpoğiston va Qaşqadaryo viloyatining ayrim joylarida bu körsatkiç me’yordan 1,1–3,4 baravar yuqori böldi. Xorazm viloyatida esa me’yordan beş-olti baravar köp yoğin yoğdi.
Bundan taşqari, 29 oktyabr kuni Oygaing qor köçki stansiyasi hududida mavsumda birinçi marta balandligi 4 santimetr bölgan qor qoplami hosil böldi. Biroq u köp ötmay erib ketdi.
13 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida sel va suv toşqini hodisalari kuzatildi.