Birjalar

Özbekiston fond bozorida UPI indekslarining yangi turlari joriy etiladi

Özbekiston fond bozorida UPI indekslarining yangi turlari joriy etiladi
Özbekiston fond bozorida UPI indekslarining yangi turlari joriy etiladi / Foto: “Toşkent” respublika fond birjasi..

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Toşkent” respublika fond birjasi UPI indekslarining yangi turlarini işlab çiqdi.

Ular Prezidentning 2025 yil 18 dekabrdagi «Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-254-son farmonida nazarda tutilgan islohotlar doirasida, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bilan hamkorlikda yaratildi. Asosiy maqsad — Özbekiston kapital bozorining xalqaro reytinglar va indekslardagi mavqeini mustahkamlaş.

2026 yil 10 noyabrdan boşlab fond bozorining asosiy körsatkiçi bölib kelgan amaldagi UCI indeksi örniga uçta yangi indeks joriy etiladi.

UPI (Uzbekistan Prime Index) — aksiyalarning vazni emitentlarning töliq bozor kapitallaşuvi asosida belgilanadi.

UPI FF (Uzbekistan Prime Index Free Float Adjusted) — aksiyalarning vazni erkin muomaladagi aksiyalar uluşi (free float) hisobga olingan holdagi kapitallaşuv asosida belgilanadi.

UPI EW (Uzbekistan Prime Index Equal-Weighted) — har çorakda qayta körib çiqiş vaqtida barça aksiyalarga bir xil boşlanğiç vazn beriladi.

Indekslar xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda işlab çiqilgan bölib, yagona hisoblaş bazasi, qimmatli qoğozlarni tanlaşning umumiy mezonlari va tarkibni qayta körib çiqişning yagona tartibiga ega. Ular bir-biridan faqat aksiyalar vaznini belgilaş usuli bilan farq qiladi.

Indekslar tarkibi qanday şakllantiriladi?

Yangi metodologiyaga muvofiq, emitentning moliyaviy natijalari, aksiyalarning Birja kotirovka varağida böliş muddati, erkin muomaladagi aksiyalar uluşi, savdo faolligi va likvidlik darajasi hisobga olinadi.

Asosiy talablar qatoriga emitentning eng sönggi e’lon qilingan yillik hisobotida ijobiy moliyaviy natija qayd etilgan bölişi, erkin muomaladagi aksiyalar uluşi kamida 5 foizni taşkil etişi, şuningdek, savdo faolligi va likvidlik mezonlariga muvofiqlik kiradi.

Indekslarni işlab çiqişda bozor iştirokçilarining takliflari ham inobatga olindi.

Yangilik bozor iştirokçilariga nima beradi?

Yangi indekslar bozor körsatkiçlarining şaffofligini va ularni xalqaro investorlar uçun özaro taqqoslaş imkoniyatini oşiradi. Şuningdek, tahlilçilar va ommaviy axborot vositalari uçun qöşimça ma’lumot manbaiga aylanadi hamda birjada savdolaşiladigan investitsiya fondlari (ETF) kabi indeksga asoslangan investitsiya mahsulotlarini rivojlantiriş uçun metodologik asos yaratadi. Emitentlar aksiyalarni indekslar tarkibiga kiritiş mezonlari bilan erkin tanişişlari mumkin böladi.

UCI indeksining qiymatlari Bloomberg platformasiga uzatib kelingan. UPI, UPI FF va UPI EW indekslari böyiça ma’lumotlar ham Bloomberğga taqdim etiladi. Refinitiv (LSEG) va Cbonds platformalari ham yangi indekslarga qiziqiş bildirgan. Uşbu platformalarga ma’lumotlarni uzatiş böyiça işlar ham Özbekiston kapital bozorining xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan.

Yangilik Birja tomonidan işlab çiqilayotgan bozor ma’lumotlari va tahlili uçun yagona Umetryx platformasini yaratiş bilan ham boğliq.

Uç bosqiçda işga tuşirilişi rejalaştirilgan platforma investorlarga savdo ma’lumotlari va kompaniyalarning moliyaviy körsatkiçlarini real vaqt rejimida taqdim etadi. Şuningdek, aksiyalar narxining grafiklar bilan birga tarixiy ma’lumotlari, obligatsiyalar va emitentlar haqidagi axborot, aksiyalarni tanlaş va tahlil qiliş vositalari hamda birja indekslari ham platformadan joy oladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.