Özbekiston

Özbekistonda kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasi yaratiladi

Özbekistonda kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasi yaratiladi
Özbekistonda kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasi yaratiladi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda jinoyatçilik sabablarini tahlil qiliş, ularning oldini oliş böyiça çora-tadbirlarni nazorat qiliş va jinoyatçilik dinamikasini prognoz qiliş imkonini beruvçi Kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasi yaratiladi.

Bu haqda Özbekiston Prezidentining 2026 yil 6 noyabrdagi PF-241-son farmonida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, platformada jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, ular uçun mas’ul idoralar va mansabdor şaxslar, şuningdek, aniqlangan sabablarni bartaraf etiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarning elektron reyestri şakllantiriladi.

Uşbu işlar natijalari inson omilisiz, avtomatik ravişda kuzatib boriladi. Nazorat har oyda, yarim yillik va yillik asosda amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, tizim hududlar, mahallalar va jinoyatlarning alohida turlari kesimida jinoyatçilik dinamikasini prognoz qiladi. Prognozlar asosida kriminogen vaziyat eng murakkab bölgan tumanlarga vaziyatni barqarorlaştiriş çoralari böyiça tavsiyalar körsatilgan xabarnomalar yuboriladi.

Platformani sinov tariqasida 2027 yil oxiriga qadar Toşkent şahrining Olmazor tumanida işga tuşiriş rejalaştirilgan. 2028 yildan boşlab tizimni mamlakatning barça hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiş közda tutilgan.

Farmonda har yili tadqiqotlar va sörovnomalar ötkaziş ham nazarda tutilgan. Jumladan, aholi örtasida fuqarolarning jinoyatlar bilan boğliq tajribasini örganişga qaratilgan milliy viktimologik sörov taşkil etiladi.

Şuningdek, aholining özini xavfsiz his qiliş darajasi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga bölgan işonçini baholaş maqsadida sotsiologik sörovlar ötkaziladi.

Bundan taşqari, yoşlar, voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar, ilgari sudlangan şaxslar va probatsiya hisobiga olingan fuqarolarga bağişlangan maqsadli kriminologik tadqiqotlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Tadqiqotlar “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarni hamda kriminogen vaziyat bilan boğliq boşqa masalalarni ham qamrab oladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.