Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda umumiy uzunligi 66,55 kilometr bölgan beşta kanalning qirğoqlari obodonlaştirilib, piyodalar yölaklari va dam oliş hududlari taşkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Obodonlaştiriş işlari Bözsuv, Salar, Damaşi, Jön va Börijar kanallari böylab olib borilmoqda. Ular qirğoqlarni mustahkamlaş, sayr yölaklarini barpo etiş va kanallarga tutaş hududlarni obodonlaştirişni öz içiga oladi.
Loyihalar poytaxtning 11 ta tumanidagi suv obyektlari böylarini qamrab olgan. Bular Yunusobod, Şayxontohur, Yakkasaroy, Çilonzor, Uçtepa, Mirzo Uluğbek, Yaşnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Olmazor tumanlaridir.
Noqonuniy qurilmalarni bartaraf etiş
Obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda şahar xizmatlari kanallarning muhofaza zonalarida yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaş holatlariga qarşi çoralar körmoqda.
Beşta kanal böyidagi hududlarda umumiy maydoni 11,46 gektar bölgan yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaşning 326 ta holati aniqlangan.
Hokimlik ma’lumotlariga köra, hozirgaça 275 ta holat böyiça qoidabuzarliklar bartaraf etilgan. Umumiy maydoni 8,41 gektar bölgan hududlardagi noqonuniy bino va inşootlar buzib taşlangan.
Qolgan 51 ta holat böyiça işlar davom etmoqda. Ular 3,06 gektar maydonni qamrab oladi.
Şu tariqa, aniqlangan qoidabuzarliklarning 84 foizi böyiça noqonuniy qurilmalar bartaraf etilgan.
Hokimlik ta’kidlaşiça, qirğoqlarni mustahkamlaş, muhofaza zonalarida yerdan foydalanişni tartibga soliş va hududlarni obodonlaştiriş natijasida kanallar böyida aholi sayr qilişi va dam olişi uçun jamoat joylari taşkil etiladi.