Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston davlat organlari vakillari davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş va Xitoy tajribasini örganişga bağişlangan xalqaro öquv dasturida iştirok etiş uçun Pekin şahrida bölib turibdi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Öquv maşğulotlari 9–24 noyabr kunlari Xitoy Savdo vazirligi (MOFCOM) huzuridagi Xalqaro biznes masalalari böyiça davlat xizmatçilari akademiyasida (AIBO) ötkazilmoqda.
Unda Özbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova davlat idoralari vakillari iştirok etmoqda.
Dastur Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligini rivojlantiriş, ilğor tajriba almaşiş va davlat organlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan.
Iştirokçilar turli sohalardagi Xitoy tajribasi bilan tanişmoqda. Dasturdan karantin va ösimliklarni himoya qiliş, veterinariya nazorati, inspeksiya faoliyati, logistika va infratuzilma, savdoni rivojlantiriş, eksport-import operatsiyalari, ta’lim, ilm-fan va turizm yönalişlari örin olgan.
Nazariy tayyorgarlikdan taşqari, tinglovçilar Xitoyda amalda bölgan davlat boşqaruvi mexanizmlari, zamonaviy texnologiyalar va sohaviy yeçimlarni ham örganmoqda. Olingan bilimlarni milliy şaroitga moslaştiriş imkoniyatlari nuqtai nazaridan körib çiqiş mumkin böladi.
Öquv dasturi turli mamlakatlar vakillari örtasida tajriba almaşiş, kasbiy aloqalarni mustahkamlaş va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaş uçun ham maydon vazifasini ötamoqda.