Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Janubiy Koreyaning SAMAN Corporation kompaniyasi raqamli loyihalaş, binolarning energiya samaradorligi va seysmik barqarorligi sohalarida tajriba almaşiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Uçraşuv vazirlikda kompaniyaning katta ijroçi direktori Pak Inte boşçiligidagi delegatsiya bilan bölib ötdi.
Muzokaralarda Qurilişda texnik me’yorlaş va standartlaştiriş ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda vazirlikning tegişli tarkibiy bölinmalari vakillari ham iştirok etdi.
SAMAN Corporation vakillari kompaniyaning infratuzilma obyektlarini loyihalaş, quriliş nazorati, suv ta’minoti, şaharsozlik va raqamli muhandislik sohalaridagi faoliyati haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa xalqaro moliya institutlari iştirokida amalga oşirilgan loyihalar tajribasini taqdim etdi.
Özbekiston tomoni delegatsiyaga binolar axborot modellaştiriş (BIM) texnologiyalarini obyektlarning butun hayotiy sikli davomida — loyihalaşdan tortib foydalanişgaça bölgan barça bosqiçlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiş haqida ma’lumot berdi. Quriliş me’yorlarini xalqaro standartlar bilan uyğunlaştiriş, binolarning energiya samaradorligini oşiriş va seysmik barqarorligini ta’minlaş ham ustuvor yönalişlar sifatida qayd etildi.
Iştirokçilar me’yoriy hujjatlarni takomillaştiriş jarayonida janubiy koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qiliş böyiça töplangan tajribani ham alohida ta’kidladi.
Muzokaralarda BIM texnologiyalari, energiya samaradorligi va seysmik barqarorlik standartlari sohalarida tajriba almaşiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Tomonlar, şuningdek, mutaxassislar malakasini oşiriş va Janubiy Koreya hukumati texnik kömak dasturlari doirasida qöşma loyihalar tayyorlaş masalalarini muhokama qildi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar tegişli soha mutaxassislari iştirokida videokonferensiya ötkaziş va hamkorlikning amaliy yönalişlarini muhokama qilişni davom ettirişga kelişib oldi.