Özbekiston

Toşkentda narkolaboratoriyadan 3,5 kg gaşiş moyi musodara qilindi

Toşkentda narkolaboratoriyadan 3,5 kg gaşiş moyi musodara qilindi
Toşkentda narkolaboratoriyadan 3,5 kg gaşiş moyi musodara qilindi / Foto: DXX videosidan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari poytaxtning Çilonzor tumanida narkolaboratoriya faoliyatiga çek qöydi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotlariga köra, uşbu laboratoriyada giyohvandlik vositalari tayyorlangan va ularni tarqatişga hozirlik körilgan.

Gumonlanuvçi 2002 yilda tuğilgan fuqaro bölib, u tumandagi köp qavatli uylardan birida joylaşgan xonadonni ijaraga olgan va undan noqonuniy faoliyat uçun foydalangan.

Xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilganda, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari yaşirin joylarga qöyiladigan maxsus berkitmalar orqali tarqatiş uçun zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalarini aniqladi. Şuningdek, elektron tarozilar, mikser, fen, şprislar, 1 000 ta böş şaffof paket, 1 000 ta böş flakon va boşqa buyumlar topildi.

Jami xonadondan 3,5 kilogramm gaşiş moyi, 600 gramm gaşiş, 200 gramm marixuana va tarkibida giyohvandlik moddasi bölgan sakkiz dona peçenye musodara qilindi.

Qölga olingan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.